Rossiya Ukrainadagi mojaroda g‘olib bo‘lmoqda, G‘arb esa AQSH yolg‘onlari sabab mag‘lub bo‘lmoqda. Bu haqda AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin ma’lum qildi.
“Amerika urushda yolg‘on gapirmoqda, fojia mana shunda. Ular – G‘arb – mag‘lub bo‘lmoqda. Rossiya g‘olib bo‘lmoqda”, - dedi Grin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Grin AQSH Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirib, “begunoh odamlarning o‘limini moliyalashtirayotganini” qo‘shimcha qildi.
“Takabbur yetakchilarimiz o‘rnidan turib, sulh haqida so‘z ochish fursati yetdi deb aytmagunicha, biz begunoh odamlar o‘limini moliyalashtirmoqdamiz”, - dedi u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar