Foto: Rustem Umerov / Reuters
Ukraina hukumati mudofaa vazirining yetti nafar o‘rinbosaridan olti nafarini, shuningdek, vazirlikning davlat kotibini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda xalq deputati Aleksey Goncharenko xabar berdi.
Vazir o‘rinbosarlaridan Anna Malyar (u frontdagi vaziyat haqida muntazam ravishda bayonotlar berib turgan), Vladimir Gavrilov, Vitaliy Deynega, Rostislav Zamlinskiy, Denis Sharapov va Andrey Shevchenko ishdan bo‘shatilgan. Mudofaa vazirligi davlat kotibi Konstantin Vashchenko ham ishdan olingan.
Goncharenko e’lon qilgan ro‘yxatda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Pavlyuk haqida hech narsa aytilmagan. OAV u o‘z lavozimini saqlab qolganini yozmoqda.
- Sentyabr oyi boshida Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikovni ishdan bo‘shatgandi. Uning o‘rniga Davlat mulki jamg‘armasining sobiq rahbari, Oliy Rada deputati Rustem Umerov tayinlandi.
- Reznikov deyarli ikki yil — 2021 yilning noyabridan boshlab Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari lavozimida ishlagan. 2023 yil 5 sentyabrda Oliy Rada uning iste’fosi uchun ovoz berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar