17:53 / 19.09.2023
444

Oq uy Ukrainaning qarshi hujumidagi muvaffaqiyat haqida ma’lum qildi

Oq uy Ukrainaning qarshi hujumidagi muvaffaqiyat haqida ma’lum qildi

Foto: Reuters

Ukraina armiyasi qarshi hujumda muvaffaqiyatga erishmoqda, dedi Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSHning BMT Bosh Assambleyasidagi ishtirokiga bag‘ishlangan brifingda. Eshittirish AQSH Davlat departamentining YouTube'dagi kanalida translyatsiya qilindi.

Ukraina qarshi hujumdagi muvaffaqiyatini davom ettirmoqda”, — dedi Kirbi bunday fikrga asos bo‘ladigan ma’lumotlarni keltirmasdan.

Shu bilan birga, u AQSH prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi uchrashuvda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiydan jang maydonidagi vaziyat haqida bilib olishga umid qilayotganini ta’kidladi.

Ukraina yoz boshidan buyon qarshi hujum amaliyotlarini olib bormoqda. Sentyabr oyining o‘rtalarida Zelenskiy qarshi hujum jarayonini No Happy End (“Baxtli tugamaydi”) iborasi bilan tasvirlagandi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari juda ko‘p odamlarni yo‘qotdi, Rossiya osmondagi ustunligi tufayli Ukrainaning hujumini to‘xtatmoqda.

18 sentyabr kuni Zelenskiy CBS telekanali bilan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi sur’atiga izoh berdi.

Bu qiyin vaziyat, sizga ochiq gapiraman. Bizdagi tashabbusning o‘zi plyus. Bu juda muhim. Rus bosqinchilarining yurishini to‘xtatib, hujumga o‘tildi. Shunga qaramay, harakat unchalik tez emas. Ammo biz uchun har kuni oldinga siljiyotganimiz muhim”, — dedi u.

Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, ukrain qo‘shinlari hatto yuz metr bo‘lsa ham, imkon qadar oldinga siljishi kerak.

Putinning tin olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi ob-havoga bog‘liq emasligiga ishontirdi: hozirda ba’zi G‘arb tahlilchilari yaqin orada kuzgi loygarchilik boshlanishi haqida xavotir bilan ogohlantirmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy Ukrainaning qarshi hujumidagi muvaffaqiyat haqida ma’lum qildi