date
views 205

Moldova prezidenti: “Vagner” Moldovada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rgan

Moldova prezidenti: “Vagner” Moldovada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rgan

Foto: Reuters

Moldova prezidenti Mayya Sanduning aytishicha, “Vagner” XHK Sharqiy Yevropa davlatida davlat to‘ntarishi uyushtirishga uringan va buning oldi olingan. Rejaga ko‘ra, poraxo‘rlikdan foydalanib, hukumatga qarshi namoyishlarni zo‘ravonlikka aylantirish mo‘ljallangan edi. «Bizda mavjud bo‘lgan maʼlumotlarga ko‘ra, bu Prigojin jamoasi tomonidan tayyorlangan reja edi», dedi Moldova rahbari Financial Times gazetasida 6 oktyabr, juma kuni chop etilgan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Ruminiya o‘rtasida joylashgan sobiq sovet respublikasiga pul qisman Rossiyadan kurerlar orqali, qisman esa Dubaydan bank hisoblari va kartalari orqali kelib tushgan. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi. Matnda, shuningdek, davlat to‘ntarishi aynan qachon amalga oshirilishi rejalashtirilgani aytilmagan.

Sanduning fikricha, Rossiya Moldovaga bosimni kuchaytiradi. «Ular hukumatni ag‘darishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi esa katta miqdordagi mablag‘ni ishlatib, saylovlarimizga katta miqyosda aralashishga harakat qilmoqda», - deya taʼkidladi Moldova prezidenti.

Kiyev Kishinyovni ogohlantirgan

Fevral oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina razvedkasi «Moldovadagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish bo‘yicha Rossiyaning batafsil rejasini» aniqlaganini va mavjud maʼlumotlarni Kishinyovga uzatganini aytgandi.

Moldova hukumati Ukraina maxsus xizmatlari maʼlumotlarini tasdiqladi. Fevral oyida Mayya Sandu yaqin kelajakda harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan diversantlar Kishinyovdagi maʼmuriy binolarga hujum qilib, odamlarni garovga olishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Mart oyida Moldova poytaxtida “Vagner” XHK yollanma askari hibsga olingani haqida maʼlum bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldova prezidenti: “Vagner” Moldovada davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rgan