13:00 / 17.10.2023
313

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik «zakladchik» qo‘lga olindi (video)

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik «zakladchik» qo‘lga olindi (video)

Qozog‘istonning Abay viloyatida 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. U kichik o‘ramdagi giyohvandlik moddalarini turli joylarga yashirib, internet orqali sotishni rejalashtirganlikda gumonlanyapti.

Abay viloyati IIB xodimlari tomonidan uning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda ikkita paketchada taqiqlangan modda, tarozi, yopishqoq lenta va bo‘sh polietilen paketlar topilgan. U Semey shahri hududida giyohvand moddalarni kichik o‘ramlarda internet orqali sotishni rejalashtirgani aytilmoqda.

«Mutaxassis xulosasiga ko‘ra, taqdim etilgan modda 71,49 g mefedron va 81,67 g alfa-PVP taqiqlangan moddalari bo‘lib chiqdi. Giyohvandlik vositalarining umumiy og‘irligi 153,16 grammni tashkil etdi. Shu tariqa, viloyat politsiyasi qora bozorda narxi 4 million tenge bo‘lgan bir martalik doza hajmidagi 1500 o‘ramdagi giyohvandlik vositalarini yetkazib berishning oldini oldi.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi (Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda sotish) bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi mahalliy politsiya xabarida.

O‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo