Nazarboyevning sobiq qudasi qamoqdan ozod etildi

1 daqiqa o'qish339
Nazarboyevning sobiq qudasi qamoqdan ozod etildi

Foto: Zakon.kz

Qozog‘istonlik tadbirkor Qayrat Bo‘ronboyevga nisbatan qamoq jazosi ozodlikni cheklash bilan almashtirildi. Nursulton Nazarboyevning sobiq qudasi barcha mol-mulkini davlatga o‘tkazdi. Qaytarilgan aktivlar orasida neft koni, gaz taqsimlash stansiyasi, fitnes markazlari tarmog‘i, savdo-ko‘ngilochar majmualari va boshqalar bor.

Sud jazoni almashtirishda tadbirkor jazo muddatining uchdan bir qismini o‘taganini, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaganini va qilmishiga pushaymon bo‘lganini hisobga olgan. Sudning tushuntirishicha, Bo‘ronboyev probatsiya nazoratida bo‘ladi.

Qayrat Bo‘ronboyev Qozog‘istonning eng boy va nufuzli 50 nafar tadbirkori qatoridan joy olgan. Forbes jurnali uning boyligini 590 mln dollarga baholagan. Uning qizi sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysultonga (2020 yil avgust oyida vafot etdi) turmushga chiqqan edi.

2022 yil mart oyida Bo‘ronboyev «Qazaq Gaz» milliy kompaniyasidan yirik miqdordagi mablag‘ni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, hibsga olindi.

2023 yil sentyabr oyida Moliyaviy monitoring agentligi Bo‘ronboyev ixtiyoriy ravishda 90 milliard tengedan (195,4 million dollar) ortiq mol-mulkni davlatga qaytarib berganini ma’lum qildi.

Buni inobatga olgan sud sentyabr oyi o‘rtalarida Bo‘ronboyevni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Shundan so‘ng, Bo‘ronboyev qiymati 74,2 mln dollar bo‘lgan «Qorajonbos severniy» neft koni, 29,3 mln dollar bo‘lgan «Aziya Gaz Chundja» gaz taqsimlash kompaniyasi, 18,8 mln dollar bo‘lgan «Servisniy Sentr KazTurboRemont» zavodini davlat tasarrufiga o‘tkazdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?