AQSH Milliy musulmon demokratik kengashi prezident Jo Baydenga ultimatum qo‘yib, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti "Reuters" nashriga tayanib xabar berdi.
“Milliy Musulmon Demokratik Kengashi Baydenni Isroilga o‘z ta’siridan foydalanib, soat 17:00 gacha o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kengash o‘t ochishni to‘xtatish uchun zudlik bilan choralar ko‘rmasa, 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Baydenga xayriya va ovoz berishdan bosh tortish uchun millionlab musulmon saylovchilarni safarbar qilishga harakat qiladi.
“Sizning ma’muriyatingizning so‘zsiz yordami, jumladan, moliyalashtirish va qurol-yarog‘lar tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelgan va saylovchilar ishonchiga putur yetkazgan zo‘ravonliklarni davom ettirishda muhim rol o‘ynadi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Seshanba kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Falastinning HAMAS harakati xavf tug‘dirishni bas qilmaguncha, AQSH Isroil bilan jangovar harakatlarni davom ettirish zaruratida birdam ekanligini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!