21:33 / 19.11.2023
280

Arab va islom davlatlari delegatsiyasi G‘azodagi urushni muhokama qilish uchun Xitoyga boradi

Arab va islom davlatlari delegatsiyasi G‘azodagi urushni muhokama qilish uchun Xitoyga boradi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon arab va islom davlatlari vazirlari Pekinga tashrif buyurishi, bu G‘azo sektoridagi urushni tugatishga qaratilgan safarning “birinchi bekati” ekanini aytdi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Shahzoda Faysal tashrif noyabr oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan arab va islom davlatlarining qo‘shma sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishdagi birinchi qadam bo‘lishini aytdi.

Birinchi bekat Xitoyda bo‘ladi, keyin biz boshqa poytaxtlarga borib, ularga zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilish va yordam ko‘rsatishni boshlash zarurligi haqida aniq xabarni yetkazamiz. Biz bu inqirozni va G‘azodagi urushni imkon qadar tezroq tugatish uchun harakat qilishimiz kerak”, — dedi Faysal bin Farxon Bahrayndagi konferensiyada.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo