19:23 / 18.12.2023
265

Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSH prezidenti jabrlanmadi

Bayden kortejiga avtomobil urildi, AQSH prezidenti jabrlanmadi
Foto: Reuters

Delaver shtatiga tashrifi paytida AQSH prezidenti Jo Bayden kortejiga avtomobil urildi.

Yo‘l-transport hodisasi prezident va birinchi xonim Jill Bayden «Bayden-Xarris 2024» saylov kampaniyasi shtab-kvartirasini tark etganidan so‘ng sodir bo‘lgan.

Prezident ko‘chada muxbirning savoliga javob berayotgan paytda, shtab-kvartiraga kiraverish ro‘parasidagi chorrahada kortej oldini to‘sib turgan yo‘ltanlamasga boshqa avtomobil urilgan. Maxfiy xizmat xodimlari avtomobilni o‘rab olib, haydovchiga qurollarini qaratgan. Shundan so‘ng, AQSH prezidenti va birinchi xonim maxfiy xizmat xodimlari qurshovida o‘z avtomobiliga o‘tirib, voqea joyini tark etgan.

Hodisaning barcha holatlari hozircha oshkor etilmadi, ammo bu «qasddan to‘qnashuv» emasligi ta’kidlanmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo