22:43 / 01.01.2024
234

Jo Bayden Amerikadagi vaziyatni dunyodagi "eng yaxshisi" deb atadi

Jo Bayden Amerikadagi vaziyatni dunyodagi "eng yaxshisi" deb atadi

Foto: Google Images

Jo Bayden teleboshlovchi Rayan Sikrestga bergan qisqa intervyusida vatandoshlarini Yangi yil bilan tabriklar ekan, AQSH dunyoning yetakchi davlati bo‘lish uchun boshqalarga qaraganda yaxshiroq holatda ekanini aytib o‘tdi.

"Umid qilamanki, amerikaliklar biz dunyoning yetakchi davlati bo‘lish uchun boshqa davlatlarga qaraganda yaxshiroq holatda ekanligimizni yaxshi tushunib turibdi", — deb ta’kidladi Jo Bayden.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar hozir o‘sishda. Mamlakat fuqarolari “yaxshi yashash uchun pul topishga qodir”. O‘tayotgan yilda 14 milliondan ortiq kishi uchun ish o‘rinlari yaratildi.

The Hill nashrining xabar berishicha, Bayden oilasi bilan Yangi yilni Karib dengizidagi orolda nishonlamoqda va suhbatning o‘zi 30 dekabr kuni yozib olingan.

The New York Post gazetasining ta’kidlashicha, 81 yoshli AQSH prezidenti Jo Bayden o‘tayotgan yilda 138 kun Vashingtonda bo‘lmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo