17:35 / 11.01.2024
151

Germaniya Saudiya Arabistoniga 150 ta Iris-T raketalarini yetkazib beradi

Germaniya Saudiya Arabistoniga 150 ta Iris-T raketalarini yetkazib beradi

Foto: missilery.info

Germaniya hukumati Saudiya Arabistoniga yana qurol yetkazib bermoqda. Federal xavfsizlik kengashi 2023 yil oxirida Ar-Riyodga Iris-T infraqizil moslamali «havo-havo» modifikatsiyasiga ega 150 ta raketa yetkazib berishni ma’qulladi, deya tasdiqladi Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtrayt 10 yanvar, chorshanba kuni.

Shu tariqa, Berlin uzoq vaqtdan beri birinchi marta Ar-Riyodga qurol eksport qilishni ma’qulladi. 2018 yilning noyabrida Germaniyada o‘sha paytdagi hukmron «katta koalitsiya» Saudiya Arabistoniga qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqlagan edi, chunki Ar-Riyod Yamandagi urushda qatnashgani va jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador ekani taxmin qilingan.

Eurofighter qiruvchilarining yetkazib berilishi

Der Spiegel nashri yozishicha, NATO bo‘yicha hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarda ishlab chiqarilgan qurol va butlovchi qismlar, jumladan, Britaniyaning BAE Systems kompaniyasining Saudiya Arabistoniga eksport qilinayotgan Eurofighter qiruvchisi taqiqlanmagan. Saudiya Arabistonida bunday samolyotlarning 72 tasi bor, ular endi Iris-T raketalari bilan jihozlanadi.

Britaniya, shuningdek, Ar-Riyodga Eurofighter'ning yangi partiyasini yetkazib berishni rejalashtirmoqda va Germaniya hukumati bunga aralashmaydi, dedi yaqinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok.

2023 yildagi so‘nggi yig‘ilishida Federal xavfsizlik kengashi Isroilga suvosti kemasi, Bundesver arsenalidan Pokistonga uchta minalarni aniqlash kemasi va Gurjistonga 300 ta tankka qarshi portativ granatalar yetkazib berishni ham ma’qulladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo