Foto: Getty Images
Rossiya bosqinining ilk kunlarida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamchilari u qochishi ehtimoliga favqulodda poyezdni tayyorlab turishgan. Biroq Zelenskiy undan hech qachon foydalanmagan. Bu haqda Business Insider xabar berdi.
Tegishli ma’lumot Time nashri muxbiri Saymon Shusterning “Shoumen: dunyoni larzaga keltirgan va Vladimir Zelenskiyni yetakchiga aylantirgan bosqinning ichida” nomli kitobida yozilgan. Muallifning ta’kidlashicha, o‘shanda Ukraina prezidentining poytaxtdan qochib ketishi noma’lum edi. Zelenskiy poyezddan voz kechdi va Ukrainaning Rossiyaga qarshi mudofaasini boshqardi.
“2022-yilning fevralida, Rossiyaning shafqatsiz hujumining dastlabki kunlari boshlanganda, poyezd bo‘sh va Kiyev markaziy vokzalidan darhol jo‘nab ketishga hozir edi, vaqti-vaqti bilan qo‘riqchilar har qanday tahdid bor-yo‘qligini tekshirib turgan. Zelenskiyning kutilgan qochmaslik haqidagi qarori urushdagi birinchi burilish nuqtasiga aylanib, Ukrainaning Rossiya olg‘a siljishiga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati sifatida e’tirof etildi."
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytdagi Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Rossiya Zelenskiyni vahimaga qo‘yishga va qochib ketishga undashga harakat qilgan.
“Rossiya taktikasi prezidentni Kiyevdan siqib chiqarish edi. Ular asabimizni sinab ko‘rdi”, — deydi Reznikov.
Shu bilan birga, birinchi Yelena Zelenskaya ikki farzandi bilan bir guruh qo‘riqchilar hamrohligida va bitta chamadon bilan shaxsiy poyezdda Kiyevdan ketgan.
Shusterning yozishicha, Zelenskiy keng ko‘lamli bosqin bo‘lgan taqdirda ham qolishi aniq emas edi, chunki 2014-yilda Yevromaydon namoyishi Kiyevni qamrab olganida sobiq prezident Viktor Yanukovich Rossiyaga qochib ketgan edi. Hatto razvedka xizmatlari ham Zelenskiyning qanday yo‘l tutishidan xabador bo‘lmagan.
“Bu hech qachon hisoblab bo‘lmaydigan omil”, — deydi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov.
“Xavf juda keskin edi — Kiyev quruqlikdan ham, havodan ham hujumga zaif edi”. Zelenskiyni shahar chetidagi bunkerlarga ko‘chirish yoki hatto hukumat qarorgohini Polsha chegarasiga ko‘chirishga chaqirishgan.
Ayrim qonunchilar shaharni tark etishdi, Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining ko‘p sonli yuqori va o‘rta darajali zobitlari esa o‘z yuklarini yig‘ishtirib anonim xavfsizlik maslahatchisiga: “Qarshilik befoyda. Ruslar bizni mag‘lub etishadi”, degan.
Ukrainaning g‘arbiy ittifoqchilari, jumladan, AQSH prezidenti Jo Bayden Zelenskiyga xorijda hukumat qurishda yordam berishni taklif qilgan.
“Takliflardan biri Ukrainani Polshaning sharqiy qismidan mudofaa qilish edi. Shu bilan birga, Zelenskiy doimiy ravishda G‘arb Ukraina mudofaasini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqidagi munozarani qaytarishga harakat qilgan”, — deydi jurnalist.“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring