15:00 / 02.02.2024
234

Turkiya katta partiyada qiruvchi samolyotlar sotib olmoqchi

Turkiya katta partiyada qiruvchi samolyotlar sotib olmoqchi
Foto: Anadolu
Turkiya AQSH bilan F-16 samolyotlarini sotib olish uchun 23 milliard dollarlik kelishuvga erishganiga qaramay, yana 40 ta Eurofighter Typhoon qiruvchilarini sotib olmoqchi. Bu haqda 1 fevral kuni Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, Anqara Buyuk Britaniya va Ispaniya bilan Eurofighter Typhoon qiruvchilarini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Turkiya Mudofaa vazirligidagi manbaning aytishicha, muzokaralar Turkiya 2021 yil oktyabr oyida AQSHdan F-16 samolyotlari bo‘yicha so‘rovi amalga oshmay qolishi mumkinligini tushunganidan keyin boshlangan.

Eurofighter Typhoon samolyotlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniya konsorsiumi tomonidan ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, o‘tgan hafta, Anqara Shvetsiyaning NATOga a’zoligini to‘liq ratifikatsiya qilganidan bir kun o‘tib, AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Turkiyaga 40 ta Lockheed Martin F-16 qiruvchi samolyotlari va 80 ga yaqin modernizatsiya to‘plamlarini sotishni boshlash niyati haqida Kongressga rasman ma’lum qilgandi. Biroq qaror hali AQSH Kongressidan o‘tishi kerak.

Harbiy havo kuchlarini modernizatsiya qilmoqchi bo‘lgan Turkiya, shuningdek, BAE kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zining milliy jangovar samolyoti — KAAN'ni ishlab chiqarmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo