Foto: PAP
Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilishi ssenariysini istisno qilmasligini aytdi. Bu haqda u “Super Ekspress” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mudofaa vaziri Rossiya Ukrainadagi harbiy mag‘lubiyati natijasida Polshaga to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum qilishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
"Men barcha ssenariylarni, hatto ularning eng yomonini ham jiddiy qabul qilaman. Bu mudofaa vazirining hozirda biz duch kelgan vaziyatdagi vazifasidir", — dedi u.
Vladislav Kosiniyak-Kamish bu shunchaki so‘zlar emasligini ta’kidlab, ularni “juda ehtiyotkorlik bilan” qo‘llayotganini bildirdi.
"Har bir ssenariyga tayyor bo‘lish kerak, shuning uchun audit o‘tkazamiz, xulosalar chiqaramiz va bo‘shliqlarni, xususan, qurol sohasida to‘ldiramiz. Yirik xaridlar juda muhim, biroq askarlarning shaxsiy jihozlari ham birdek ahamiyatli", — dedi vazir.
Uning ta’kidlashicha, Polsha Yevropa Ittifoqining umumiy himoyasida juda muhim rol o‘ynaydi, bu haqda Yevropa Ittifoqi komissiyasi ham biladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi