Foto: Google Images
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Ukrainadagi “harbiy operatsiya”si maqsadlari o‘zgarmaganini va dolzarbligicha qolayotganini aytdi. U “maxsus operatsiya”ni “urushni to‘xtatishga urinish” deb atadi.
“Maqsadlar o‘zgarmadi, ularning barchasi hammaga ma’lum va dolzarbligicha qolmoqda. Bu demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, allaqachon Rossiya hududiga aylangan yerlarda yashovchi aholi xavfsizligini ta’minlash, ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumlardan himoya qilish, ularning hayotini saqlab qolishdan iborat”, — dedi Peskov konferensiya chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda Ukraina rasmiylari Donbass respublikasiga qarshi urush boshlagan, Rossiya hozir buni to‘xtatishga harakat qilmoqda. “Urush aynan o‘sha paytda boshlandi. Bu urushni to‘xtatish Ukrainadagi operatsiyaning maqsadlaridan biridir”, — deya ta’kidladi Kreml vakili.
Prezident Vladimir Putin 2022 yil 24 fevralda “harbiy operatsiya” boshlanganini e’lon qilar ekan, uning maqsadlari Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish, shuningdek, Donbass aholisini Ukraina hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “genotsid”dan himoya qilish, deb atagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi