Foto: The Sydney Morning
Avstraliyada ishchilarga ish vaqtidan tashqari rahbarlarning qo‘ng‘iroq va xabarlarini e’tiborsiz qoldirish huquqini beruvchi qonun joriy qilinadi. Qoidani buzgan ish beruvchilar jarimaga tortiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Bu ishchilar huquqlarini himoya qiluvchi, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni tiklashga yordam beruvchi qonun loyihasi doirasida taklif etilgan. Ishchilarga ishdan tashqari o‘z qurilmalarini o‘chirish huquqini beruvchi shunga o‘xshash qonunlar Fransiya, Ispaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida allaqachon mavjud.
“Kuniga 24 soat maosh olmaydigan odam onlayn bo‘lmasa va kuniga 24 soat ishlamasa, jazolanmasligi kerakligini aytmoqchimiz”, — deydi Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese.
Shu bilan birga, ba’zi siyosatchilar, ish beruvchilar va biznes rahbarlari bu raqobatbardoshlikka ta’sir qilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
“Yashillar” partiyasi rahbari Adam Bandtning aytishicha, avstraliyaliklar har yili o‘rtacha olti hafta to‘lanmagan ish vaqtida ishlaydi. Bu esa butun iqtisodiyot bo‘ylab to‘lanmagan ish haqi sifatida 92 milliard Avstraliya dollaridan (60,13 milliard dollar) oshadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi