date
views 315

Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubiga hujum boshladi

Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubiga hujum boshladi
Photo: Alarmyk24
14 fevral kuni Rasmiy Tel-Aviv ko‘rsatmasi bilan Isroil kuchlari “Hizbulloh” o‘rnashgan janubiy Livan shaharlarini havodan o‘qqa tutishni boshladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Livandagi davlat nashrlari va “Hizbulloh”ga tegishli OAV mamlakat janubidagi bir qancha shaharlarga, jumladan, Adchit, Suaneh va Chehabiyaga havo hujumlari uyushtirilgani haqida xabar tarqatgan. Isroil endilikda aynan qaysi nuqtalarni nishonga olishda davom etishi hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni Isroil shimolidagi Safed shahriga raketa hujumi uyushtirilgan edi. Hujum oqibatida kamida 8 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Isroil hujumda Livan “Hizbulloh”ini ayblagan. “Hizbulloh” esa Safeddagi hujumga aloqasi yo‘qligini bildirgan. Isroilning Livan janubiga favqulodda hujumi aynan Safeddagi voqealarga javob tarzida amalga oshirilayotgani aytilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubiga hujum boshladi