Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqarildi

1 daqiqa o'qish357
Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqarildi
Foto: “Azon Global”
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqarilganini ma’lum qildi.

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov 2023 yilning 28 dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan edi. Bugun 21 fevral kuni u deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytdi.

Voqea haqida

“Azon Global” axborot tahliliy portalining ma’lum qilishicha, dastlab qandaydir anglashilmovchilik bo‘lgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmagan.

“Ustoz Mubashshir Ahmadga qo‘yilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qo‘yib yuborilishiga qat’iy ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday bo‘lib chiqmadi”, — deyiladi portal xabarida, biroq unga aynan qanday ayb qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd etilishicha, Turkiya qonunlari bo‘yicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu muddat ichida qo‘yilayotgan ayb isbotlansa, adliya idoralariga o‘tkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim. Ba’zan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga o‘tkazishadi va u yerdan o‘z vataniga jo‘natishadi yoki ozod qilishadi.

Mubashshir Ahmad oradan shuncha kun o‘tib ham deportatsiya markazida ekani tushunarsiz bo‘lib qolayotgani ta’kidlanib, unga advokatlar yordami ko‘rsatilayotgani va boshqa barcha kerakli chora-tadbirlar ko‘rilayotgani qo‘shimcha qilingandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?