Foto: “Semey o‘rmoni” davlat qo‘riqxonasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan
Qozog‘istonning “Semey o‘rmoni” davlat qo‘riqxonasida harorat -55 darajani qayd etdi. Bu so‘nggi 20 yilda kuzatilgan eng past harorat hisoblanadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
“2024 yil 21 fevralga o‘tar kechasi Semipalatinsk filialining Batpayevskiy o‘rmon xo‘jaligida termometr Selsiy bo‘yicha -55 darajaga yetdi”, — deyiladi qo‘riqxona xabarida.
Tau-Dalinskiy filialining Bolshebukonskiy o‘rmon xo‘jaligida esa -53 daraja qayd etilgan. Qo‘riqxonaning butun hududida o‘tgan kundagi minimal harorat o‘rtacha 31 daraja sovuqdan -50 daraja sovuqqacha o‘zgargan.
“Bunday past harorat qo‘riqxona tashkil etilishining butun tarixida (2003 yildan beri) kuzatilmagan. Joriy yilga qadar eng past harorat 2018 yilning 26 yanvarida qayd etilgan, keyinroq havo harorati ba’zi joylarda -50 darajagacha tushgan”, — deydi qo‘riqxonaning Fan, ekologik ta’lim va monitoring bo‘limi xodimi Aynur Baymadiyeva.
Arktika antisikloni ta’sirida 22 fevral kunlari Qozog‘iston shimoli, sharqi, janubi-sharqi va markazida anomal sovuqlik kuzatilishi prognoz qilingan edi. Jumladan, sharqiy hududlarda kechasi 32-45 daraja sovuq, kunduzi 20-32, mamlakatning janubi-sharqida kechasi 15-25 daraja, kunduzi esa 0-13 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!