Foto: AP
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Dnestrbo‘yidagi mavjud o‘zgarishlar va Ukraina sharqidagi vaziyat o‘rtasida o‘xshashlik borligini bildirdi. «Rossiya bir necha yillardan beri Ukrainadagi ozchiliklardan o‘z maqsadlari uchun foydalanmoqda. u Moldovadagi separatistlardan foydalanib, xuddi shu ssenariyga pul tikmoqda», — deb yozdi u 29 fevral, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Moldova yolg‘iz emas, uning kuchli do‘stlari bor, - deya qo‘shimcha qildi Berbok. - Hech bir davlat Rossiyaning hovlisi emas va uni beqarorlashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi».
Fransiya bayonot bilan chiqdi
Fransiya tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. Vazirlikning Parijdagi rasmiy vakili, xususan, «Rossiya tomonidan uyushtirilgan» Moldovada «barqarorlikni buzishga qaratilgan tobora tajovuzkor urinishlar»ga ishora qildi. «Moskva tomonidan bo‘lginchilarni hech qanday muxtoriyatsiz himoya qilish talabi hammaga ma’lum ssenariydir», - deya qo‘shimcha qildi vazirlik vakili.
Fransiya tashqi ishlar vazirligi «Rossiyaning kuchayib borayotgan tajovuzkorligi fonida birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarur» deb hisoblaydi. Ayni paytda, bu tajovuzkorlik, shuningdek, Moskva «Rossiyani mag‘lub etishga qaror qilgan yevropalik hamkorlar oldida asabiylashayotganidan dalolat beradi», deya qo‘shimcha qildi Fransiya TIV rasmiy vakili.
Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilish to‘g‘risida Dnestrbo‘yi deklaratsiyasi
Bir kun oldin, 28 fevralda tan olinmagan «Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi»ning «barcha darajadagi deputatlar qurultoyi» deklaratsiyani tasdiqladi, unda Federatsiya kengashi va Davlat dumasiga murojaat qilish zarurligi ko‘rsatilgan. Bunda, Rossiya Federatsiyasidan «Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi hududida 220 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi doimiy yashashi faktini hisobga olgan holda, Moldova tomonidan bosim kuchaygan sharoitda Dnestrbo‘yini himoya qilish choralarini amalga oshirishi» iltimos qilingan.
Hujjatda, jumladan, BMT bosh kotibi, MDH, Yevroparlament, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda boshqa tashkilotlarga Kishinyov va Tiraspol o‘zaro munosabatlarining yanada keskinlashuviga hamda «Moldova bosimi va dnestrbo‘yiliklar huquq va erkinliklari buzilishiga» yo‘l qo‘ymaslik talabi bilan murojaat yuborish zarurligi haqida so‘z boradi.
Shu kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi RF tegishli idoralari tan olinmagan «Dnestrbo‘yi Moldaviya Respublikasi» «deputatlari qurultoyi»ning Dnestrbo‘yi himoyasi bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. «Dnestrbo‘yi aholisi, vatandoshlarimiz manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifalardan biridir», — deya ma’lum qildi Rossiya TIV jurnalistlarga. Smolenskaya maydonidagi idora «barcha so‘rovlar har doim Rossiyaning tegishli idoralari tomonidan diqqat bilan ko‘rib chiqiladi», deb qo‘shimcha qildi.
Polsha bosh vaziri Donald Tusk 28 fevral kuni Dnestrbo‘yidagi vaziyatning rivojlanishiga munosabat bildirar ekan, uni «xavfli» deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi