06:30 / 02.03.2024
505

Yaqin yillarda odamlar mushuk va itlar tilini tushuna boshlaydi

Yaqin yillarda odamlar mushuk va itlar tilini tushuna boshlaydi
Turli universitetlardagi ilmiy guruhlar hayvonlar tilini tushunadigan neyrotarmoqlar ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun hozirda ma’lumotlar bazasi to‘planyapti. Ular asosida sun’iy intellekt hayvonlarning harakati, ovozi va yuz ifodasiga qarab nima demoqchi ekanligini aniqlab beradi.

Foto: Mykaleidoscope
Tadqiqotchilar yaqin 3 yil ichida ushbu sohada katta muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bunday neyrotarmoqning yaratilishi ko‘plab uy hayvoni egalarining orzusini ro‘yobga chiqaradi.

Yana bir loyiha Linkoln universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ular sun’iy intellekt yordamida mushuk va kuchuklarning mimikasi va ovozini tasniflab, tarjima qilib beradi.

Foto: Catalog photo
CETI nomli loyiha jamoasi esa kitlarning tilini shifrlash ustida tadqiqot o‘tkazmoqda. Mutaxassislar kitlar yashash joylariga maxsus mikrofonlar o‘rnatish orqali ularni kuzatadi. Bugungi kunga kelib ba’zi tovushlar ketma-ketliklarini 95 foiz oldindan bashorat qilish mumkin. Ammo kitlar aynan nima haqida gaplashayotganini tushunish uzoq yillik izlanishlarni talab etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo