Foto: Kazinform
Qozog‘istonda siyosiy arboblarning ismini bolalarga qo‘yish an’anaga aylanib bormoqda, deb yozdi Kazinform. Jumladan, 29 fevral holatiga mamlakatda Qosim-Jo‘mart ismli 12 nafar bola, Bayden ismli 8 nafar, shuningdek, 1 nafardan Putin va Tramp ismli bolalar qayd etilgan.
Ismlar orasida geografik nomlar ham uchraydi. Misol uchun mamlakatda Qozog‘iston ismli 24 kishi ro‘yxatga olingan. Bundan tashqari, 27 nafar Semey, 15 nafar Atirau, 15 nafar Turkiston, 14 nafar Taraz, 10 nafar Oqtou, bir nafar Oqto‘be, bir nafar Toldiqo‘rg‘on ismli kishi bor.
Qayd qilinishicha, 2024 yil yanvar oyida Qozog‘istonda eng ko‘p qo‘yilgan ismlar - Madina (517 ta) va Muhammad (536 ta) bo‘lgan.
Qizlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoriga Asilim (468), Oysha (436), Aylin (387) va To‘maris (318) ham kirgan.
O‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar qatoridan Alixon (313), Oysulton (238) va Aldiyar (219) ham joy olgan.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 yanvar holatiga Qozog‘iston aholisi 20 million kishini tashkil etdi, bu bir yil avvalgiga nisbatan 1,3 foizga ko‘pdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Toresk ham ruslar qoʻliga oʻtmoqda, Konstantinovkaga xavf yaqinlashmoqda
Yamandagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi (video)
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi