Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat parlamentida fohishalikka barham berishga qaratilgan qonun loyihasini kiritishga va’da berdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida parlamentdagi sotsialistlar guruhi mamlakatda fohishalikka barham berishni amalga oshirishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etadi.
Nashrning qayd etishicha, Ispaniyada fohishalikning o‘zi noqonuniy bo‘lmasa-da, bu bilan bog‘liq ayrim faoliyatlar taqiqlangan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Pireney qirolligida jinsiy ekspluatatsiyaga uchragan 45 mingga yaqin ayol bor.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyev huquqni muhofaza qilish idoralaridan 1 dekabrga qadar mamlakatdagi barcha fohishaxonalarni yopishni talab qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi