22:00 / 10.03.2024
920

Tojikiston prezidenti aholini kamida ikki yillik oziq-ovqat g‘amlashga chaqirdi

Tojikiston prezidenti aholini kamida ikki yillik oziq-ovqat g‘amlashga chaqirdi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon xalqni mablag‘ tejashga, dabdabali isrofgarchilikning oldini olishga chaqirdi. Bu haqda AsiaPlus xabar berdi.

Biz shukr qilishimiz, oilamiz va farzandlarimiz haqida doimo o‘ylashimiz, kamida ikki yil davomida oziq-ovqat zaxirasini ta’minlashimiz kerak”, — dedi u.

U so‘nggi yillarda insoniyat og‘ir va hatto fojiali muammolarga — urushlar va qon to‘kilishiga, suv taqchilligi, qurg‘oqchilik, qashshoqlik va ochlikka duch kelganini eslatdi. Emomali Rahmon BMT ma’lumotlariga asoslanib, ayni damda dunyoning o‘nlab mamlakatlari aholisi ochlikni boshdan kechirayotganini aytdi.

Bu Rahmonning mamlakat aholisini 2 yil davomida oziq-ovqat zaxirasini yig‘ishga chaqirishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. U yil boshida iqlim o‘zgarishi va dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi munosabati sababli ozuqa zaxirasini to‘plashga chaqirgan edi.

Mamlakatdagi har bir oila ikki yilgacha zarur oziq-ovqat zaxirasiga ega bo‘lishi kerak”, — degan u yanvar oyi oxiridagi “Sada” bayrami munosabati bilan aytgan tabrik so‘zida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo