
AQSh hukumati ikkita Rossiya bankining 637 mln dollarlik aktivlarini to‘sib qo‘ydi, deb xabar berdi The Wall Street Journal nashri.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Rossiya” bankining 572 mln dollari muzlatib qo‘yilgan. Bu miqdor bankning barcha aktivlarining 10 foizini tashkil qiladi.
Shuningdek, “SMP Bank”ning 65 mln dollarlik aktivlari muzlatib qo‘yilgan – bu miqdor ushbu bankning o‘tgan yildagi barcha aktivlarining 2 foizini tashkil qiladi.
Ikkala bank ham AQSh iqtisodiy sanksiyalar kiritgan Rossiyaning korxonalari va moliyaviy tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek, bu ro‘yxatdan “Gazprom”, “Gazprom neft”, “LUKOYL”, “Surgutneftegaz” va “Rosneft” kompaniyalari ham joy olgan.
Bu kompaniyalarga Arktika shelfi va slanesli qatlamlarda neft olish uchun zarur bo‘lgan xizmatlar, mahsulotlar va texnologiyalarni etkazib berish taqiqlab qo‘yilgan. Shuningdek, sanksiyalar Sberbank, Moskva banki, Gazprombank, Rosselxozbank, Vneshekonombank, VTB va bir qator mudofaa korxonalariga nisbatan ham qo‘llangan.
Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar