23:47 / 17.03.2024
417

Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi

Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Foto: Soldatova nomidagi madaniyat saroyi
Rossiyaning Perm shahridagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi, binodan 50 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, portlash Komsomolskiy prospektidagi Soldatova nomidagi madaniyat saroyidagi uchastkada yuz bergan. Mahalliy aholidan biri hududga katta petarda (pirotexnika vositasi) olib kelib, hojatxonada uni portlatib yuborgan. Hodisa oqibatida ayolning qo‘li uzilgani aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, saylov uchastkasidan 50 kishi evakuatsiya qilingan. Perm xavfsizlik vazirligi petarda tufayli portlash faktini tasdiqlagan. Ayol kasalxonaga yotqizilgan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlangan.

Baza xabariga ko‘ra, portlash uyushtirgan ayol 64 yoshli Yelena.S bo‘lib, hodisa yuz berishidan oldin telefonda kim bilandir gaplashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi