15:05 / 05.04.2024
1 023

Nemis snayperlari “Putinga qarshi soyabon” yasadi

Nemis snayperlari “Putinga qarshi soyabon” yasadi
Foto: Bild
Nemis snayperlari NATO va Rossiya o‘rtasidagi konflikt ortishi ehtimoliga maxsus himoya soyaboni yaratdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Maxsus qurol Norvegiya shimolidagi Alta shahri yaqinidaga mashg‘ulotlarda taqim etilgan. U yerga Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius tashrif buyurgan. Mashg‘ulotlarda Bundesverning 23-tog‘li otishma brigadasi ham ishtirok etgan.

Mudofaa vaziriga ilg‘or qurollar bilan bir qatorda, unga snayperlarni maskirovka qilish uchun soyabon tadqim etgan. Harbiylarning ta’kidlashicha, zamonaviy jang maydonida dushman pozitsiyalari teplovizorlar yordamida hisoblab chiqiladi. Agar mergan soyabon orqasiga yashirinsa, uni topib bo‘lmaydi. Askarlar bunday soyabonlarni Mudofaa vazirligi ta’minotisiz, o‘zlari yasaganini ma’lum qildi.

Bundesverning yangi maxfiy quroli — Putinga qarshi soyabon”, — deydi Bild nashri.
Germaniya o‘z armiyasini urushga tayyorlamoqda.

Bundesverning yagona tezkor qo‘mondonligini yaratish rejalashtirilmoqda, unga to‘rt turdagi qo‘shinlar — quruqlikdagi armiya, havo kuchlari, dengiz floti va kiber hamda axborot mudofaa kuchlari bo‘ysunadi.

Yangi, to‘rtinchi turdagi qo‘shinlar dezinformatsion kampaniyalarga qarshi kurashadi va Bundesver tarmoqlarini xakerlik hujumlaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, yordamchi qo‘mondonlik tuziladi, ular sanitariya va logistika bo‘linmalariga rahbarlik qiladi.

"Islohotning maqsadi — Bundesverni favqulodda, mudofaa va urush holatlarida ham optimal tarzda tayyorlaydigan tarzda qayta qurish", — deydi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nemis snayperlari “Putinga qarshi soyabon” yasadi