date
views 212

Istanbul aeroportida terapevt-itlar ish boshladi (foto)

Istanbul aeroportida terapevt-itlar ish boshladi (foto)
Foto: AP
Istanbul aeroporti yo‘lovchilarga parvozdan oldin stress va xavotirni yengishga yordam berish maqsadida beshta itni yolladi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Terapevt-itlar hamkasblari singari bir necha oy davomida maxsus treningdan o‘tib, odamlarga yordam berishni o‘rgandi.

Jonivorlar fevral oyida ish boshlagan. Maxsus forma kiygan itlar hamrohlik qilayotgan xodim bilan aeroport atrofida aylanib, ko‘makka muhtoj odamlarga yordam ko‘rsatadi.

Foto: AP
“Maxsus xodimlar” eng qaynoq soatlarda — 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Yo‘lovchilar itlarning qo‘llab-quvvatlashidan shunchalik mamnunki, aeroport xodimlari endi to‘rt oyoqli terapevtlar jamoasini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Foto: AP
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbul aeroportida terapevt-itlar ish boshladi (foto)