Foto: Instagram/mrbeast
MrBeast nomi bilan mashhur amerikalik bloger Jimmi Donaldson 26 yoshga to‘lishi munosabati bilan obunachilariga 26 ta Tesla elektromobilini sovg‘a qilmoqchi.
Sovg‘a qilinadigan mashinalarning 25 tasi oq rangli Tesla Model 3 sedani va bittasi Tesla Cybertruck pikapi. O‘yinda qatnashmoqchi bo‘lganlar AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, Meksika, Germaniya, Janubiy Koreya, Fransiya, Chili va Yaponiyada yashayotgan, 18 yoshga to‘lgan va MrBeastning obunachilari bo‘lishlari shart.
Tesla elektromobilini yutib olish uchun Instagramdagi xabarga layk bosish, ikkita do‘stini belgilab sharh (komment) yozish kerak bo‘ladi. O‘yin 10 maygacha davom etadi, g‘oliblar nomini bloger 14 may kuni e’lon qiladi.
Ushbu aksiyaga Tesla kompaniyasining aloqasi yo‘q, bloger elektromobillarni sotib olganini aytmoqda. G‘oliblar orasida elektromobil olishni istamaganlarga mashinalarning puli beriladi — Tesla Model 3 uchun — 39 000 dollar, Tesla Cybertruck uchun — 120 000 dollar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi