
Foto: Google Images
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Yevropa davlatlari rahbarlari Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirmoqda.
"Yevropaliklar “va-bank”ka kirishmoqda. Ular vaziyat tez o‘zgarib borayotganini va u ukrainaliklar uchun to‘liq tanazzulga yuz tutayotganini ko‘rmoqda. Shuning uchun yevropaliklarning o‘zi vaziyatni keskinlashtirmoqda", — dedi Dmitriy Peskov Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotlariga izoh berish so‘ralganda.
Emmanuel Makron bir necha bor Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkinligini istisno qilmadi. Shu bilan birga, u Ukraina rasmiylari so‘ragan taqdirdagina bunday ssenariy yuzaga kelishi mumkinligini tushuntirdi. Bugun, 11 may kuni Makron Ukrainaga fransuz qo‘shinlarini yuborishni istisno qilmasligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq u bunday qadam kerak bo‘lmasligiga umid bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar