Zelenskiy Xitoyni Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitini buzishga urinishda aybladi

1 daqiqa o'qish270
Zelenskiy Xitoyni Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitini buzishga urinishda aybladi
Foto: Ukraina Prezidenti devoni
Rossiya va Xitoy iyun oyi o‘rtalarida Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitining oldini olishga harakat qilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hozirda dunyoning 106 davlatidan tinchlik sammitida ishtirok etishi haqidagi tasdiqnomaga ega. Ukraina rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya dunyoning ko‘plab mamlakatlariga sayohat qilib, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yoki kimyoviy moddalar, energiya narxini blokirovka qilish bilan tahdid qilmoqda yoki dunyoning boshqa davlatlariga sammitda qatnashmasligi uchun shunchaki bosim o‘tkazmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zi davlatlar Moskvaga tinchlik sammitini diplomatik yo‘l bilan buzishda yordam bera boshlagani haqida xabarlar mavjud.

Zelenskiy AQSH va Xitoyning tinchlik sammitidagi pozitsiyalarini solishtirib, Xitoy uni buzishga harakat qilayotganini ta’kidlagan. U AQSH o‘z ishtirokini yuqori darajada tasdiqlagani, prezident Baydenning ehtimoliy tashrifini hamda Xitoy bu borada hech qanday izoh bermaganini aytgan.

"AQSH ba’zi davlatlar bilan aloqada bo‘lib, ularni tinchlik sammitida ishtirok etishga undamoqda. Xitoy, afsuski, aksincha, mamlakatlarning jahon sammitiga kelishining oldini olishga harakat qilmoqda. Bu ikki pozitsiya o‘rtasida katta farq bor", — deydi Zelenskiy.

Kiyev Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan jahon tinchlik sammiti ishtirokchilari birgalikda uch bosqichli, xususan, erkin navigatsiya, yadroviy va energiya xavfsizligi hamda asirlarni almashish va noqonuniy deportatsiya qilingan bolalarni qaytarish bo‘yicha harakat rejasini ishlab chiqishlarini kutmoqda.

15—16 iyun kunlari Shveytsariyada Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha global konferensiya bo‘lib o‘tadi. U Kiyev rasmiylari talabiga binoan tashkillashtirilgan. Tadbirga Rossiya taklif qilinmagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?