Selena Gomes “Spurs” o‘yinidagi mashhur lahzasini 10 yil o‘tib yana takrorlab muxlislarini xursand qildi

Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes «San-Antonio Spurs» jamoasining muxlisi ekanini yana bir bor namoyish etdi. Shanba kuni San-Antonioda «Spurs» va «New Orleans Pelicans» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni san’atkor maydon chetidan kuzatib, sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv davomida «Spurs»ning Koyot laqabli maskoti Gomesga kutilmagan sovg‘a taqdim etdi. Unga orqa tomoniga «Rare» — «Noyob» so‘zi yozilgan, maxsus tayyorlangan jamoa formasi sovg‘a qilindi.
Biroq muxlislar e’tiborini tortgan eng qiziqarli jihat bu bilan cheklanmaydi. Selena Gomes 2016 yilda internetda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan mashhur lahzasini yana bir bor takrorladi. Bu holat uning muxlislari orasida nostaljik kayfiyat uyg‘otdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…