AQSH 5 million dollar mukofot va’da qilgan narkobaron Meksikada qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish9
AQSH 5 million dollar mukofot va’da qilgan narkobaron Meksikada qo‘lga olindi

Meksikada AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan 10 nafar jinoyatchi ro‘yxatiga kiritilgan narkokartel yetakchilaridan biri — «El Chapo Isidro» laqabli Fausto Isidro Meza-Flores qo‘lga olindi. Uni hibsga olish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiya qurolli to‘qnashuvga aylanib, 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

44 yoshli Meza-Flores 20 noyabr kuni Meksikaning Sinaloa shtati, Guasave shahrida harbiylar tomonidan o‘tkazilgan operatsiya davomida qo‘lga olingan. Amaliyotda AQSH maxsus xizmatlari tomonidan taqdim etilgan razvedka ma’lumotlaridan ham foydalanilgan. Narkobaron bilan birga uning jinoiy guruhidagi yana ikki kishi — «El Serafin» laqabli German Rolando Galves Mesa va moliyaviy operatsiyalar uchun mas’ul bo‘lgan yana bir shaxs ham hibsga olingan.

Operatsiya davomida yuz bergan otishmada yetti nafar taxminiy kartel a’zosi va to‘rt nafar harbiy halok bo‘lgan. Hodisadan keyin hududda ham vaziyat keskinlashgan: ayrim joylarda avtomobillar va binolarga o‘t qo‘yilgan, yo‘llar to‘silgan hamda qurolli to‘qnashuvlar davom etgan.

«El Chapo Isidro» FQBning eng ko‘p qidirilayotgan 10 nafar jinoyatchisi ro‘yxatiga 2025 yilda kiritilgan edi. AQSH Davlat departamenti uning qo‘lga olinishi yoki sudlanishiga olib keladigan ma’lumot uchun 5 million dollargacha mukofot va’da qilgan.

AQSH rasmiylari Meza-Floresni Meksikaning yirik narkotrafik tarmoqlaridan biri — Meza-Flores jinoiy tashkiloti yetakchisi sifatida ayblaydi. U va uning guruhi AQSHga kokain, metamfetamin, geroin, fentanil va marixuana yetkazib berishda gumon qilinmoqda. Shuningdek, unga pul yuvish, qurol bilan bog‘liq jinoyatlar va narkoterrorizm bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Uning qo‘lga olinishi Meksika va AQSH huquq-tartibot idoralarining hamkorligidagi muhim natija sifatida baholanmoqda. Biroq narkokartel rahbarining hibsga olinishi hududdagi jinoiy guruhlar o‘rtasida kuchlar muvozanatiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Hozirda Meza-Flores Meksika hukumati qo‘lida. AQSHga ekstraditsiya qilinishi masalasi bo‘yicha esa hozircha rasmiy qaror e’lon qilinmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?