date
views 306

AQSH va Britaniya kuchlari Yamanga qarashli aeroport va orolga hujum uyushtirdi

AQSH va Britaniya kuchlari Yamanga qarashli aeroport va orolga hujum uyushtirdi
Arxiv foto: Reuters
AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari 17 iyun kuni Yaman g‘arbidagi Hudayda xalqaro aeroporti hamda Kamaran oroliga zarba bergan. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Hudayda xalqaro aeroportiga kamida 6 ta havo hujumi tashkil etilgan. Qizil dengiz sohilidagi Salif portiga ham zarbalar berilgan.

Yamandagi husiylar harakati tomonidan boshqariladigan Al-Masirah axborot agentligi hujumni tasdiqlagan. Kamaran orolidagi to‘rtta nuqtaga ittifoqchilar qo‘shini shikast yetkazgani aytilgan.

AQSH va Buyuk Britaniyaning so‘nggi 24 soat ichida yo‘llagan zarbalari oqibatida “Ansorulloh” harakatiga tegishli to‘rtta havo radari, bitta ekipajsiz yer usti kemasi va yana bitta dron qilingan. AQSH Markaziy qo‘mondonligi bu haqda X tarmog‘ida post qoldirgan.

Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati husiy jangchilari Kamaran oroli va Port Salifdan Qizil dengizga hujum uyushtirish, shuningdek, tuz konlarida raketalar va dron zaxiralarini yashirish uchun maydon sifatida foydalanganini da’vo qilgan.

Husiylarga hujumda AQSHning “Eyzenxauer” hujum kemasi va Carrier Strike Group aviatashuvchisi faol ishtirok etgan. Yaman g‘arbi bo‘ylab seriyali hujum tashkil etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zining G‘azo bilan birdamligini e’lon qilgan Yaman “Ansorulloh” harakati hujumlari oqibatida Qizil dengizda savdo kemalari oqimi to‘xtab qoldi.

Yaqin Sharqda keskinlik boshlanishidan oldin jahon savdo oqimining 80 foizi Suvaysh kanali orqali o‘tgan.

Endilikda esa vaziyat qaltis tus olishi ortidan G‘arb tijorat kemalari Afrika qit’asini aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Britaniya kuchlari Yamanga qarashli aeroport va orolga hujum uyushtirdi