![AQSHda oziq-ovqat do‘konida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi](/uploads/posts/2024-06/c95c14380b_presss-5fqamvyu.webp)
Foto: presstv.ir
AQSHning Arkanzas shtatidagi oziq-ovqat do‘konida 21 iyun kuni yuz bergan otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, otishma shtatning Fordis shahrida yuz bergan. Oziq-ovqat do‘koniga kirib kelgan xaridorlardan biri o‘qotar qurol bilan fuqarolarga, keyinroq esa hududga tezlikda yetib kelgan politsiya xodimlariga hujum qilgan.
Politsiya otishma ketayotgan paytning o‘zida jinoyatchining shaxsini aniqlagan. U 44 yoshli Travis Posey ismli shaxs ekani ma’lum qilingan. Bir necha soat davom etgan operatsiyada jinoyatchi og‘ir yaralangan va qo‘lga olingan.
Hodisada jarohatlangan 10 kishi orasida ikki nafar politsiyachi ham bo‘lgan. Shuningdek, mahalliy aholi vakillari va do‘kon xodimlari ham jarohat olgan. Ular mahalliy kasalxonaga olib ketilgan.
Arkanzas shtati politsiyasi xabariga ko‘ra, Nyu-Edinburgda yashovchi Travis Poseyga uchta qotillik hujumi bo‘yicha ayblov qo‘yilishi kutilmoqda. Ayblanuvchi oldin ham shtatning bir qancha hududlarida shu kabi jinoyatlarni sodir etgan va yashirinishga erishgan.
Traviy Posey otishmada olgan jarohati ortidan avvaliga shtat kasalxonasiga olib kelingan. Shifokorlar uning hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olganini ma’lum qilishgan. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng u Uachita hibsxonasiga olib ketilgan.
Qurolli zo‘ravonlik arxivi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Qo‘shma Shtatlarda kamida 234 ta ommaviy qotillik sodir etilgan. Ommaviy qotillik tushunchasi AQSHda to‘rt va undan ortiq shaxsni o‘ldirish holatiga nisbatan ishlatiladi.
21-22 iyun kunlarining o‘zida mamlakat miqyosida 21 ta ommaviy otishma kuzatilgan. Shtatlarda politsiya tartiboti va nazorati kuchaytirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan" расм](/uploads/posts/2024-06/x11102a19f2_photo_2020-01-30_14-22-49.webp.pagespeed.ic.v1g-odW1Ci.webp)
Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan"
![Disk churrasi: ommalashayotgan ushbu kasallikni 1 kunda qanday yengish mumkin? расм](/uploads/posts/2024-06/x9230680732_tlmk_htbcaavymcgouwmpmvys7qidjdk_medium.webp.pagespeed.ic.ewi6U8Biik.webp)
Disk churrasi: ommalashayotgan ushbu kasallikni 1 kunda qanday yengish mumkin?
![Yoz jaziramasida qanday mahsulotlarni yeyish tavsiya etilmaydi? расм](/uploads/posts/2024-06/xb94ecefc07__voda_freepik__com__1__1200x675-576b7qmi.webp.pagespeed.ic.D808U0LR8e.webp)
Yoz jaziramasida qanday mahsulotlarni yeyish tavsiya etilmaydi?
![Rossiya va Ukraina «90 ga 90» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi расм](/uploads/posts/2024-06/xedb35ac113_r5ksycji6j0z740vwnstltxnguxilfz_.webp.pagespeed.ic.I9p1MvUpuF.webp)
Rossiya va Ukraina «90 ga 90» formulasi bo‘yicha asirlar almashdi
![Rossiya prokuraturasi reper Alisher Morgenshternga qarshi ish ochishni talab qildi расм](/uploads/posts/2024-06/x2019411ee6_pivfbin5p-r3zlrtvlv-04g3tb3jd4yj.webp.pagespeed.ic.JhqxdaOokp.webp)
Rossiya prokuraturasi reper Alisher Morgenshternga qarshi ish ochishni talab qildi
![Vengriya O‘zbekiston mahsulotlarini import qilish imkoniyatini o‘rganmoqda расм](/uploads/posts/2024-06/x09c1a8af24__hyejyhq_vbpjrw08nxujqnyapvcvypy.webp.pagespeed.ic.03XSZiDFS8.webp)
Vengriya O‘zbekiston mahsulotlarini import qilish imkoniyatini o‘rganmoqda
![Boliviyada hokimiyatni egallashga uringan general qo‘lga olindi расм](/uploads/posts/2024-06/x312cf113e2_thg7lvj7elaygv0sjevwdvmz01mvxp5u.webp.pagespeed.ic.mZL0WfDlaR.webp)
Boliviyada hokimiyatni egallashga uringan general qo‘lga olindi
![Turkiya Ukraina masalasida vositachilik qilishga tayyorligini ma’lum qildi расм](/uploads/posts/2024-06/x317e11f370_fidan45-rah6_uo5.webp.pagespeed.ic.qhYI8A8UGq.webp)
Turkiya Ukraina masalasida vositachilik qilishga tayyorligini ma’lum qildi