20:29 / 22.06.2024
130

Isroil qiruvchi samolyotlari G‘azodagi HAMASning ikkita harbiy obyektiga hujum qildi

Isroil qiruvchi samolyotlari G‘azodagi HAMASning ikkita harbiy obyektiga hujum qildi
Foto: Google Images
Isroil qiruvchi samolyotlari G‘azo shahri hududida HAMAS harakatining ikkita harbiy obyektiga hujum qildi. Bu haqda The Times of Israel armiya matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Bir muncha vaqt oldin Isroil armiyasi G‘azo shahri hududidagi HAMASning ikkita harbiy obyektiga hujum qildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Isroilning Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi idorasiga hujum uyushtirishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Manbada aytilishicha, Isroil qo‘mita binosida HAMAS askarlari yashiringanini sabab qilib, unga hujum uyushtirgan. Oqibatda unda boshpana saqlab kelayotgan tinch aholi vakillari hujumda halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil qiruvchi samolyotlari G‘azodagi HAMASning ikkita harbiy obyektiga hujum qildi
ePN