![Shahzoda Uilyam farzandlari bilan xonanda Teylor Svift konsertiga tashrif buyurdi (video)](/uploads/posts/2024-06/x731ffeab48_gqru592xyaagjux-kb5-lgnf.webp.pagespeed.ic.ttxTpraafV.webp)
Foto: “Korrespondent.net”
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning o‘g‘li shahzoda Uilyam o‘zining 42 yoshga to‘lgani munosabati bilan amerikalik xonanda Teylor Sviftning konsertiga farzandlari bilan tashrif buyurdi.
“The Eras Tour” gastrol konsertining navbatdagi qismi London shahridagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Gersogga uning farzandlari shahzoda Jorj va malika Sharlotta hamrohlik qildi. Ular shouni VIP tribunadan tomosha qilishdi.
Konsertga tashrif buyurgan muxlislardan biri hatto shahzoda Uilyam “Shake It Off” nomli sho‘x va jo‘shqin taronaga raqs tushayotganini video tasvirga oldi.
Uels shahzoda va malikalari o‘zlarining Instagram'dagi sahifasida sahna ortida Teylor Svift bilan tushgan selfini joylashtirdi. Qirollik oilasi xonandaga ajoyib konsert uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bunga javoban Teylor Svift ham ijtimoiy tarmoqlarda qirollik oilasi a’zolari va qallig‘i Trevis Kels bilan tushgan suratni joyladi va izohda shahzoda Uilyamni tug‘ilgan kuni bilan yana bir bor tabrikladi.
![](/uploads/posts/2024-06/xab45e2c303_3689832-6tpffznl.webp.pagespeed.ic.5TXq3vIsil.webp)
Foto: “Korrespondent.net” “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Madrimov “dahshatli jangda” yengilmas Kroufordni qanday yutishi mumkin? расм](/uploads/posts/2024-06/xe1dd816e2f_a89bb588d0422996c7c2684958de93db.webp.pagespeed.ic.aBNmFqkanp.webp)
Madrimov “dahshatli jangda” yengilmas Kroufordni qanday yutishi mumkin?
![Bosh miya faoliyatini yaxshilashning 10 ta sinalgan usuli расм](/uploads/posts/2024-06/xd9fad7813e_667d07093ef11.webp.pagespeed.ic.31v_nLDaTh.webp)
Bosh miya faoliyatini yaxshilashning 10 ta sinalgan usuli
![Azamat Abduraimov: "Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishimiz kerak" расм](/uploads/posts/2024-06/x5cf9f6c254_ch7c6qxeopxk8wytxe1ffvrzkhqawcrh.webp.pagespeed.ic.pARgmiKf--.webp)
Azamat Abduraimov: "Jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olishimiz kerak"
![Farg‘onada “Lasetti”ning gazballoni portladi расм](/uploads/posts/2024-06/xe6b3b6443d_can9twel_vp5tle76thp3n7bpdb_gxvc.webp.pagespeed.ic.pigNoOotkQ.webp)
Farg‘onada “Lasetti”ning gazballoni portladi
![AQSH va Braziliyani tarixdagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi расм](/uploads/posts/2024-06/xb73ae0fd72_ormon-ac98rgek.webp.pagespeed.ic.GnHphWuJrY.webp)
AQSH va Braziliyani tarixdagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi
![JCH-2026 saralashining 3-bosqichi taqvimi. O‘zbekiston o‘ynaydigan kunlar... расм](/uploads/posts/2024-06/x4ecae17b59_793395_original.webp.pagespeed.ic.xOGtY3uQVY.webp)
JCH-2026 saralashining 3-bosqichi taqvimi. O‘zbekiston o‘ynaydigan kunlar...
![Bayden va Tramp o‘rtasidagi teledebatning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi расм](/uploads/posts/2024-06/xe2f4be9eac_photo_2024-06-28_08-46-53-p1jlzk1o.webp.pagespeed.ic.LkYbTU2ebZ.webp)
Bayden va Tramp o‘rtasidagi teledebatning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi
![Ma’muriy qamoqxonalarga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi расм](/uploads/posts/2024-06/x85744e8f25_01.webp.pagespeed.ic.PcS-og_Ktv.webp)
Ma’muriy qamoqxonalarga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish huquqi beriladi