13:56 / 31.07.2024
127

Eron amaldori: “Ismoil Haniyaning o‘limi uchun Isroil katta tovon to‘laydi”

Eron amaldori: “Ismoil Haniyaning o‘limi uchun Isroil katta tovon to‘laydi”
Foto: Tasnim
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya o‘limiga olib kelgan terror xurujini uchun Isroil katta tovon to‘laydi. Bu haqda Eron Siyosiy maqsadga muvofiqlikni aniqlash kengashi a’zosi Muhsin Rizoiy xabar berdi.

Ismoil Haniya shahidligi munosabati bilan Falastin xalqiga hamdardlik bildiraman... Isroil uning o‘limi uchun katta tovon to‘laydi. Bu Tel-Avivning jinoiy to‘dasi tomonidan falastinlik ayollar, bolalar va qariyalarni o‘ldirish, inson huquqlarini poymol qilish va xalq yetakchilariga qarshi suiqasdlar orqali xalqaro huquq va qonunlarini buzish borasidagi yana bir dalildir”, deydi u.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishiga munosabat bildirdi va uning qoni behuda ketmasligini aytdi.

Haniya butun umri davomida muqaddas Quddusni ozod qilish uchun Isroil rejimiga qarshi kurashgan jangchi edi”, dedi vazirlik matbuot kotibi Nosir Kanaani. U holat yuzasidan Islom Respublikasining tegishli tashkilotlari tomonidan tergov harakatlari olib borilayotganini aytdi.

HAMAS siyosiy yetakchisi o‘limi

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Tehrondagi qarorgohiga qilingan hujum oqibatida halok bo‘ldi. U bilan birga tansoqchisi ham vafot etgan. HAMAS va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hujumni tasdiqlab, Ismoil Haniya Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron amaldori: “Ismoil Haniyaning o‘limi uchun Isroil katta tovon to‘laydi”