23:22 / 31.07.2024
128

Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini oldi

Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini oldi
Foto: Getty Images
Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasi Ukrainaga yetib bordi, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayanib.

Agentlik manbalarining aytishicha, Ukraina qancha samolyot olgani hali noma’lum. Qayd qilinishicha, iyul oyi oxirigacha belgilangan samolyotlarni yetkazib berish muddati bajarilgan.

AQSH, Niderlandiya va Daniya 10 iyul kuni Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirganini e’lon qilgan edi.

Niderlandiya va Daniya deyarli bir yil oldin, 2023 yil avgust oyida F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishini ma’lum qildi. Niderlandiya 42 ta, Daniya esa 19 ta qiruvchi samolyot yetkazib berishini ta’kidladi. Bundan tashqari, Norvegiya 6 ta F-16 samolyotini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

The New York Times mart oyida 12 nafar ukrainalik uchuvchi 2024 yil yozigacha F-16 samolyotlarini boshqarishga tayyor bo‘lishini, biroq bu vaqtga borib, ittifoqchilar Kiyevga atigi 6 ta samolyotni topshirishi haqida yozgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarining birinchi partiyasini oldi