20:30 / 04.08.2024
175

Olimpiada o‘yinlari tarixida 66 ta mamlakat va hudud medalsiz ishtirok etib kelyapti

Olimpiada o‘yinlari tarixida 66 ta mamlakat va hudud medalsiz ishtirok etib kelyapti
Zamonaviy Olimpiada o‘yinlari boshlangan 1896 yildan buyon 150 dan ortiq mamlakat va hududlar medallar uchun kurash olib borishgan bo‘lsa-da, ba’zilari deyarli bir asr davomida qatnashib, medal ololmagan.

70 ga yaqin mamlakat va hududlar yoz yoki qishki o‘yinlarda hech qanday sport turidan birorta o‘rini qo‘lga kiritolmagan. Ba’zilari, masalan, 2016 yilda Olimpiada o‘yinlariga o‘zining birinchi jamoasini yuborgan Janubiy Sudan imkoniyatlarini endi sinab ko‘rishni boshlaydi. Boshqalari, masalan, Monako esa bir asrdan ko‘proq vaqt davomida medalsiz ishtirok etib keladi.

Yana bir misol, Janubiy Amerikaning 12 million aholisi bo‘lgan Boliviya davlati Olimpiada o‘yinlarida birinchi marta 1936 yilda qatnashgan. Musobaqaga olingan jami 22 ta yo‘llanmadan (15 ta yozgi va 7 ta qishki) hech birida sportchilari sovrindor bo‘lmagan.

XOQ ma’lumotlariga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlarida tez-tez qatnashgan va xuddi shunday qoniqarsiz natijalarga erishgan davlatlar Monako (32 marta) va Andorra (25) hisoblanadi.

Xuddi shunday, 31 million aholisi bo‘lgan Nepal ham Olimpiada o‘yinlariga qilgan 18 ta safarida birorta ham rasmiy medalni qo‘lga kirita olmagan, shuningdek, Osiyo davlatlaridan biri bo‘lgan Myanma ham.

Ayrim mutaxassislar bu kabi muvaffaqiyatsiz ishtiroklarni yetarli moliyalashtirilmaganlik bilan bog‘laydilar. Ularning taxminicha, mamlakat qanchalik qashshoq bo‘lsa, sportchilarni Olimpiya standartlariga tayyorlash shunchalik qiyin bo‘ladi.

Olimpiada sovrindorlari ro‘yxatida esa sportchilarni tayyorlashga katta mablag‘ sarflash imkoniyatiga ega bo‘lgan va undan unumli foydalanayotgan davlatlar yetakchilik qilmoqda. Shunday qilib, AQSH eng ko‘p medalga ega – 2 975. Ulardan keyin: sobiq SSSR (1 204), Germaniya (1 058), Buyuk Britaniya (955) va Fransiya (898).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimpiada o‘yinlari tarixida 66 ta mamlakat va hudud medalsiz ishtirok etib kelyapti