65
Armaniston AQSHga atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik so‘rovini yubordi
Foto: Getty Images
AQSH davlat departamentining xabar berishicha, mamlakat rasmiylari Armanistonning yadroviy sohadagi hamkorlik bo‘yicha “123-kelishuv”ga qo‘shilish haqidagi arizasini o‘rganmoqda.
Agar so‘rov tasdiqlansa, Yerevan atom elektr stansiyalarini loyihalash va qurish uchun Amerika texnologiyalarini oladi.
“AQSH hukumati muzokara tafsilotlarini oshkor etmaydi, biroq aytish mumkinki, davlat departamenti Armanistonning “123-kelishuv”ga qo‘shilish so‘roviga munosib e’tibor qaratmoqda. Qo‘shma Shtatlar Armaniston bilan fuqarolik yadroviy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatini olqishlaydi”, deyiladi davlat departamenti izohida.
2023 yil noyabrda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatda SSSRda qurilgan Metsamor AES o‘rnida yangi atom elektr stansiyasi paydo bo‘lishi kerakligini aytgan edi. Pashinyanga ko‘ra, Yerevan bu masalada Moskva, Vashington va Seul bilan muzokaralar olib borgan.
“123-kelishuv” AQSH Yadro energiyasi to‘g‘risidagi qonunining 123-bo‘limi sharafiga nomlangan bo‘lib, tegishli ta’minot uchun tinch yadroviy hamkorlik shartnomasini talab qiladi. Hujjat texnik almashinuvlar, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va himoya choralari bo‘yicha muhokamalar uchun asos yaratadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi