Foto: “Sputnik”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 3 sentyabr kuni rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Putin “sovet va mo‘g‘ul qurolli kuchlarining Xalxin-Gol daryosida yapon militaristlari ustidan qozongan qo‘shma g‘alabasining 85 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda” ishtirok etadi.
“Muzokaralar chog‘ida davlat rahbarlari Rossiya-Mo‘g‘uliston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi. Bir nechta ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Mo‘g‘uliston 2000 yilda Rim ustavini imzolagan. Shu bilan birga, mamlakat uni 2003 yilda ratifikatsiya qilgan. Shunday qilib, u Xalqaro jinoyat sudining (XJS) ishtirokchisi hisoblanadi va uning qarorlarini bajarishga majburdir.
2023 yil dekabr oyida mo‘g‘ulistonlik sudya birinchi marta XJS sudyasi bo‘ldi. Mog‘uliston prezidenti bu “mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va xalqaro tashkilotlarning Mo‘g‘ulistonga bo‘lgan ishonchi o‘sishi va mustahkamlanishining belgisi” ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud 2023 yil mart oyida Putinni urush paytida yuzlab bolalarni Ukrainadan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblab, uni hibsga olishga order bergandi. Xuddi shunday order bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham joriy etilgan. Endi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Putin ularning hududiga qadam bossa, hibsga olishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»