© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti
Rossiya Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk avantyurasidan (tasodifiy muvaffaqiyatga erishish uchun tavakkaliga qilingan xatti-harakat) keyin AQSH va Ukraina bilan muzokaralar olib borishni istamaydi, dedi Pentagon rahbarining iste’fodagi maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor YouTube'dagi “Deep Dive” kanalida.
“Vashingtonda tushunishni istashmaydigan asosiy yangilik shundaki, Rossiya endi biz bilan muzokaralar olib borishni istamaydi. Bu yakun, hammasi tugadi. Bu urush Moskvaga mos keladigan shartlar bilan tugaydi”, - deydi ekspert.
Makgregorning fikricha, mojaroni hal qilishda AQSH manfaatlari hisobga olinmaydi.
“Prezident Putin G‘arbda oqilona muzokaralar olib boradigan odamlar yo‘qligini tushundi”, - deya xulosa qildi ofitser.
Avvalroq Rossiya rahbari Kiyev bilan diplomatik aloqalar istiqbollari haqida gapirar ekan, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilayotganlar bilan muzokara olib bo‘lmasligini aytgandi.
Ukraina bo‘linmalari 6 avgust kuni ertalab Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi. Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga ko‘ra, ularning yurishi to‘xtatildi. Uning ta’kidlashicha, mintaqadagi operatsiya dushmanni mag‘lub etish va davlat chegarasiga yetib borish bilan yakunlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»