Foto: The Times of Israel
Isroilda 2 sentyabr kuni umumiy ish tashlash bo‘lib o‘tadi. The Times of Israel'ning yozishicha, ushbu tashabbus mamlakatdagi yirik Kasaba uyushmasi federatsiyasi hisoblangan «Gistadrut» yetakchisi Arnon Bar-David tomonidan ilgari surilgan.
Namoyishchilar Isroil hukumatidan HAMAS ushlab turgan asirlarni zudlik bilan ozod etish yo‘lini topishni talab qilmoqda. Bar-Davidning fikricha, hukumat «siyosiy sabablarga ko‘ra» HAMAS bilan kelishuvlarni kechiktirmoqda.
«Asirlarni ozod etish bo‘yicha kelishuvga erishish — hozirda hamma narsadan muhim», — deydi Kasaba uyushmalari federatsiyasi yetakchisi.
Foto: The Times of Israel
Ish tashlashlar doirasida Tel-Avivdagi xalqaro aeroport ham faoliyatini to‘xtatadi, maktablar va bog‘chalar, hukumat va munitsipal muassasalar, sanoat korxonalari, ayrim savdo markazlari qisman yopiladi. Tibbiyot muassasalari esa dam olish kuni formatida ishlaydi.
1 sentyabr kuni SAXAL harbiylar G‘azo sektorida HAMAS tomonidan 7 oktyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan yana olti nafar asirning jasadini topganini ma’lum qildi. Hozirda 90 ga yaqin asirning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda; harbiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 33 nafari o‘ldirilgan.
«Gistadrut» oxirgi marotaba umumiy ish tashlashni 2023 yil martda hukumat tomonidan sudyalarni tayinlashga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan sud islohoti sabab tashkillashtirgan edi. Norozilik namoyishlari fonida islohot qoldirilgan. (Bir necha oydan keyin Knesset baribir tegishli qonunni ma’qullagan, biroq mamlakat Oliy sudi uni bekor qilgandi). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»