17:25 / 05.09.2024
50

Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topildi va doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi

Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topildi va doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi.

Chexiya sudi bergan ma’lumotga ko‘ra, Mahmud Murodov uyushgan jinoyatchilar bilan doimiy aloqa o‘rnatgani sabab mamlakat aholisiga xavf soladi. Aynan shu sabab bilan sportchiga Chexiyada doimiy istiqomat qilish mumkin bo‘lmaydi.

MMA jangchisi Chexiyada istiqomat qiluvchi to‘rt yashar qizini tarbiyalash va janglarga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega edi.

34 yoshli Murodov Chexiyaga ilk bor 2011 yilda kelgan. Chex matbuotining xabar berishicha, Boshpana va migratsiya siyosati departamenti may oyida Murodovning Chexiyada vaqtincha yashash uchun topshirgan arizasiga rad javobini bergan.

Murodov departament qaroriga javoban sudga da’vo arizasi kiritgan, ammo bu ish ham o‘zbekistonlik foydasiga hal bo‘lmadi.

Sud aybloviga ko‘ra, Mahmud Murodov Bolqon uyushgan jinoiy guruh a’zolari bilan aloqada bo‘lgan. Mahmud Murodov ushbu ayblovni inkor etadi.

Men mafiya bilan hamkorlik qilmayman, mafiyadan hech kimni tanimayman ham. Na chex, na Bolqon, na rus, na yaqin sharqdagilarni. Politsiya yoki vazirlik mening kim bilan aloqada ekanimni aytsin. Bunga tushuntirish beraman”, degan Murodov.

U ommaviy axborot vositalarida taniqli shaxs, uning butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari bor. Ko‘pchilik u bilan suratga tushishni yoki turli tadbirlarga taklif qilishni xohlaydi. Uning bunday tadbirlarda qatnashishga haqi bor. O‘sha kishilarning nima bilan shug‘ullanayotgani yoki bu jinoyatchi shaxs ekanini bilish imkonsiz”, deydi sportchining advokati.

Murodov ko‘pi bilan besh yil muddatga olinadigan vaqtinchalik propiska uchun ariza bergan edi. Sud hukmidan keyin u Chexiyani tark etishi kerak. Bundan buyon u mamlakatda viza asosida qolishi mumkin bo‘ladi, bu unga Chexiya Respublikasida olti oy davomida maksimal 90 kun bo‘lish imkonini beradi. Bu muddat tugasa, u mamlakatni tark etishi kerak. Sportchi xohlagan vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan viza bo‘yicha yana sayohat qilishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Murodov hozirda Octagon MMA bilan shartnoma imzolangan va sentyabrda bo‘ladigan jang uchun Chexiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, endi u mashg‘ulotlarni Polshada davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mahmud Murodov Chexiyada “jamiyat uchun xavfli” deb topildi va doimiy yashash huquqidan mahrum qilindi