Foto: kursiv.media
Qozog‘istonda 6639 ta onlayn kazino va bukmekerlar bloklandi. Bu haqda mamlakat Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yana 1237 ta internet resurslar faoliyati qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bunday saytlarni aniqlashda Bosh prokuratura, Moliyaviy monitoring agentligi va Ichki ishlar vazirligi ham ishtirok etmoqda.
Bundan tashqari, Qozog‘istonda yil boshidan buyon noqonuniy lotereyalar tashkilotchilariga nisbatan 103 ta ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Sudlar tomonidan 48 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan.
“Vazirlik fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va onlayn xizmatlar bozorida tartibni saqlash maqsadida ushbu sohalardagi noqonuniy xatti-harakatlarni nazorat qilish va bartaraf etishda davom etadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq Qozog‘istonda davlat xizmatchilari, harbiylar, huquqni muhofaza qilish va maxsus idoralar xodimlariga qimor o‘ynash va unga pul tikish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Turizm va sport vazirligida tegishli petitsiyani ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Vazirlik rahbari Miras Tuleboyev taqiqni nazarda tutuvchi petitsiyani 50 ming kishi imzolagani, kodeksga ko‘ra, vazirlik 40 kun ichida tegishli qaror qabul qilishi kerakligini aytgan.
Vazirlik allaqachon qimor biznesida davlat nazoratini kuchaytirishni, shuningdek, davlat apparatida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»