Foto: Shutterstock
Vazn yo‘qotish uchun ishlatiladigan diabetga qarshi dori “Ozempic” va boshqa shunga o‘xshash tez vazn yo‘qotish uchun qabul qilinadigan dori vositalari 2018 yildan beri AQSHda 162 nafar kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Daily Mail'ning aniqlik kiritishicha, o‘limlarning kamida bittasi to‘g‘ridan to‘g‘ri in’eksiya tufayli sodir bo‘lganligi hali isbotlanmagan. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, o‘lim statistikasida bunday dorilar muhim rol o‘ynagan holatlarni aniqlagan. Xususan, dori qabul qilgach, qayt qilgan vaqtida bo‘g‘ilib vafot etgan ikki kishining o‘lim holati ham qayd etilgan.
“Umuman olganda, 2023—2024 yillarda vazn yo‘qotishda yordam beruvchi dori vositalaridan o‘lim holatlari bir necha barobarga ko‘paygan: 2022 yilda 18 ta, 2023 yilda 58 ta, 2024 yilning birinchi yarmida esa 57 ta holat qayd etilgan”, deya qo‘shimcha qilgan nashr.
CNN yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, “Ozempic”ni qabul qilgan odamlarda o‘z joniga qasd qilish fikri 45 foizga ko‘proq ekanligini ma’lum qilgan edi.
“Ozempic” preparati dastlab II toifa diabetga chalingan odamlarga qonidagi shakar darajasini tartibga solishga yordam beradigan gormon sifatida aniqlangan. Biroq, ishtahani nazorat qilish uchun miyaga ta’sir qilishi aniqlangandan so‘ng, u vazn yo‘qotish uchun ishlatila boshlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi