Foto: AFP
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) bosh prokurori Karim Xon tergovni davom ettirishni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMAS yetakchilari Yahyo Sinvar hamda Muhammad Deyfni hibsga olish uchun zudlik bilan order berishni talab qilmoqda.
Xalqaro sud 7 sentyabr kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaga qarshi sud jarayonini uning vafoti sababli to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Biroq HAMAS harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyf Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lganiga qaramay unga qarshi order berish so‘ralmoqda. Ehtimol, bosh prokuror Deyfning o‘limini tasdiqlash va unga qarshi arizani qaytarib olish uchun yetarli dalillarga ega emasligi bunga sabab bo‘lgan.
Netanyaxu, Galant va HAMASning uch rahbari — Yahyo Sinvar, Muhammad Deyf va Ismoil Haniyaga qarshi hibsga olish orderlarini chiqarish to‘g‘risidagi so‘rov 21 may kuni XJSning bosh prokurori tomonidan taqdim etilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan barcha shaxslar harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda gumonlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi