Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga safari uchun samolyotiga qiruvchi uchoqlar hamrohlik qilishini talab qildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, Middle East Eye xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Putin Ukraina uning samolyotiga parvoz yo‘nalishida hujum qilish ehtimolidan xavotirda. Rossiya harbiy samolyotlari himoyasida Turkiyaga uchishni xohlaydi. Aynan shu sababli Rossiya prezidentining Anqaraga tashrifi kechiktirilgani aytilmoqda.
Moskvaning talabini bajarish qiyin, chunki Turkiyada NATOning havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud bo‘lib, ular Rossiya qiruvchilarini dushman nishoni sifatida qabul qilishi mumkin. Muzokaralar bilan tanish bo‘lgan manbaning aniqlik kiritishicha, Turkiya Putinning tashrifi uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini o‘chirish yoki o‘zgartirishni rejalashtirmayapti.
So‘nggi muhokamalarda Rossiya prezidentining oktyabr oyining birinchi haftasida kelishi ehtimoli ko‘rib chiqilgan, biroq yangi talablar voqealarning bunday rivojlanishini imkonsiz qilib qo‘ymoqda. Putin oxirgi marta Anqaraga 2014 yilda tashrif buyurgan.
“Turkiya hukumati xorijiy davlat rahbarlariga xayrixohlik belgisi sifatida kuzatib borish uchun qiruvchi samolyotlar yuborishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, xorijiy davlat rahbarlari o‘zlarining qiruvchi samolyotlarini olib kelishni so‘ragan birorta holatni eslay olmayman”, deya izoh berdi Middle East Eye suhbatdoshi.
Bundan tashqari, Rossiya rasmiy vakillari mehmonxonalardan norozilik bildirmoqda, chunki Anqaradagi uchta yirik mehmonxona Amerika kompaniyalariga tegishli. Nashr manbalarining ma’lum qilishicha, Rossiyada bunday mehmonxonalar Putin uchun xavfsiz emas deb hisoblanmoqda. Ularning aytishicha, Rossiya prezidenti uchun davlat mehmon uyini taqdim etish masalasi ko‘tarilgan. Xorijga parvozlar vaqtida Putinga qiruvchi samolyotlar muntazam hamrohlik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi