Foto: Bloomberg
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSHda ichki siyosiy kurash vositalaridan biri sifatida foydalanilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomini tinch qo‘yishga chaqirdi.
“Putin familiyasi, ta’bir joiz bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlarning ichki siyosiy kurashidagi vositalardan biri sifatida qo‘llanadi, bu bizga haqiqatan ham yoqmaydi va ular prezident nomini tinch qo‘yishlariga umid qilamiz”, dedi Peskov jurnalistlarga.
Peskovning aytishicha, Kreml munozarani Moskva vaqti bilan kechasi bo‘lib o‘tgani uchun kuzatib bora olmagan.
“Ammo ertalab, albatta, biz ushbu munozaralar davomida aytilgan turli bayonotlar bilan yangi xabarlarni ko‘rdik”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Joriy yilning 11 sentyabrga o‘tar kechasi Filadelfiyada AQSH prezidentligiga nomzodlar – demokrat Kamala Harris va respublikachi Donald Tramp o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tdi. Bahs ABC telekanali tomonidan tashkil etildi. Saylov 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Debat davomida Putin familiyasi 12 marta, xususan, sakkiz marta Tramp va to‘rt marta Harris tomonidan tilga olingan. Bundan tashqari, Tramp va Harris Rossiya hamda Ukraina haqida 11 marta gapirgan.
Debat chog‘ida boshqa masalalar qatori Ukrainadagi mojaro ham muhokama qilingan. Tramp g‘alaba qozonsa, u yerdagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga yana bir bor va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi